Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachi Deklan Rays bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchining hozirgi shartnomasi 2028 yilgacha amal qilishiga qaramay, «kanonirlar» u bilan yanada uzoq muddatli kelishuv imzolash niyatida.
«Arsenal» rahbariyati jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblangan Raysni o‘z safida saqlab qolishga jiddiy bel bog‘lagan.
27 yoshli yarim himoyachi 2023 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Rays joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi.













