Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Simen: «Donnarumma dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Devid Simen besh yildan keyin dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish imkoniyati yuqori bo‘lgan futbolchini aytdi.

Uning fikricha, «Manchester Siti» posboni Janluiji Donnarumma kelajakda ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Simen «Arsenal» darvozaboni David Rayyani ham eng kuchlilar qatorida ko‘rmoqda.

«Men Donnarummani tanlagan bo‘lardim, chunki u atigi 27 yoshda. Bu aql bovar qilmaydigan holat, chunki u juda uzoq vaqtdan beri katta futbolda o‘ynayotgandek tuyuladi.

U o‘z jarima maydonida to‘liq ustunlik qiladi», — dedi Simen.

Shu bilan birga, sobiq darvozabon David Rayyaning imkoniyatlarini ham past baholamaslikka chaqirdi.

«David Rayyani ham hisobdan chiqarmang, garchi u hatto Ispaniya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni bo‘lmasa ham.

Unai Simon Rayyadan qaysi jihatlari bilan shunchalik ustun ekanini tushunmayman. Menimcha, bu shunchaki murabbiyning shaxsiy tanlovi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Simen «Arsenal»ning 16 yoshli futbolchisi Maks Douman 2028 yilgi Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibidan joy olishi mumkinligini ta’kidladi.

«Uni futbol maydonida ko‘rganingizda, katta yoshli futbolchidek taassurot qoldiradi», — dedi Simen.

Sobiq darvozabon, shuningdek, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaning yosh futbolchiga berilayotgan o‘yin vaqtini ehtiyotkorlik bilan boshqarayotganini yuqori baholadi.

Kiritildi: 13:55, 20.10.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик