Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Real» APL klublaridan Superliga tashkiloti xarajatlarining bir qismini qoplashni xohlamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Yevropa Superligasini tashkil etish uchun sarflangan mablag‘larning bir qismini Angliya Premyer-ligasining oltita klubidan qaytarib olishni istamoqda.

The Athletic nashri bir nechta manbaga tayanib xabar berishicha, madridliklar «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Superliga loyihasini amalga oshirish uchun dastlab sarflangan xarajatlarning o‘zlariga tegishli ulushini qoplashi kerak, deb hisoblamoqda.

«Real»ning fikricha, ushbu klublar keyinchalik loyihada ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lsa ham, dastlabki xarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod bo‘lmasligi lozim.

Manbalardan birining ma’lum qilishicha, qaytarilishi talab etilayotgan umumiy mablag‘ 80 million yevroga yetishi mumkin.

Avvalroq Superliga turnirini targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlarni «Real», «Barselona» va «Yuventus» o‘zaro taqsimlab kelgan.

Yevropa Superligasi tashkil etilgani haqida 2021 yilning aprel oyida e’lon qilingan edi. Loyiha 12 ta top-klub ishtirokidagi yopiq xalqaro musobaqani o‘tkazishni nazarda tutgan.

Biroq klublarning aksariyati dastlabki bir necha kun ichidayoq loyihadan chiqib ketgan.

«Yuventus» 2023 yilda Superligada ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lsa, «Barselona» va «Real» 2026 yilda loyihani tark etgan.

Kiritildi: 16:41, 20.10.2026.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик