Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

Flik: «PSJ» bizdan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi»

Flik: «PSJ» bizdan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

«Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi. Yakunda «PSJ» bizdan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi. Biz mag‘lub bo‘ldik, ammo bu uchrashuvdan ko‘p narsa o‘rgandik.

Ularda himoyadan hujumga tez o‘tish borasida juda kuchli futbolchilar bor. Biz ularni to‘xtatishga harakat qildik va bu vazifani yaxshi uddaladik, ammo so‘nggi 15 daqiqada bizga kuch yetishmadi. Bu bahona emas.

Biz ushbu o‘yinga yetarlicha yaxshi tayyorgarlik ko‘rmadik, ammo endi hammasini tahlil qilishimiz kerak. Kelajakda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim, garchi bugun ko‘p ishlarni yaxshi bajargan bo‘lsak ham.

Olmoning ahvoli qanday bo‘lishini ko‘ramiz. U zarba qabul qildi, shuning uchun kutishimiz kerak.

Espart ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U gol urdi va uning qanday yuqori saviyada o‘ynayotgani aqlbovar qilmaydi», — dedi Flik.

Kiritildi: 02:33, 21.10.2026.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик