«PSJ» Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha o‘z rekordini takrorladi.
Bugun parijliklar musobaqa umumiy bosqichining 3-turida o‘z maydonida «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etishdi.
«PSJ» Chempionlar ligasidagi so‘nggi mag‘lubiyatini 20 yanvar kuni «Sporting»ga qarshi uchrashuvda (1:2) qabul qilib olgan edi. Shundan buyon Luis Enrike boshchiligidagi jamoa ketma-ket 13 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi — asosiy vaqtda 9 ta g‘alaba va 4 ta durang.
«PSJ»ning Chempionlar ligasidagi hozirgi mag‘lubiyatsiz seriyasi klubning 2012 yil oktyabridan 2013 yil dekabrigacha o‘rnatilgan rekordini takrorladi.
Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida «PSJ» «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi. 4-tur bahsi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













