«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Barselona» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alaba haqida gapirdi. Shuningdek, parijliklar safida ikkinchi golni urgan himoyachi Lukas Ernandesning o‘yiniga baho berdi.
«Bu juda yuqori saviyadagi uchrashuv bo‘ldi. Raqibimiz esa favqulodda kuchli jamoa. Himoyalanish biz uchun qiyin kechdi, ammo ishonchim komilki, g‘alabaning kaliti ham aynan shu bo‘ldi. Biz himoyada yaxshi ishladik.
Joriy mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan jamoa ustidan g‘alaba qozonishga erishdik. Ularning o‘rtacha natijadorligi har bir uchrashuvda to‘rtta golni tashkil etardi, biz esa ularga faqat ikkita gol urishga imkon berdik.
Lukas Ernandesning o‘yini haqida? U tajribali futbolchi, har doim o‘yinga tayyor va katta maqsadlarga ega. Uchrashuvdan oldin uning yaxshi o‘yin ko‘rsatishini bilardik. U tajovuzkor harakat qiladi, ammo keraksiz qo‘polliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Lukas dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi», — dedi Enrike. Uning so‘zlarini RMC Sport Canal+ telekanaliga tayanib keltirdi.













