«Galatasaroy» va Rafael Leau uchun yomon xabar. Portugaliyalik vinger 21 oktyabr, chorshanba kuni «Pyer-Morua» stadionida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasining «Lill»ga qarshi o‘yinida ishtirok eta olmaydi.
«Milan»ning sobiq futbolchisi milliy chempionat doirasida «Genchlerbirligi»ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda sonning yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat oldi. Bu esa uning Turkiyadagi rivojlanishini yana to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Leau o‘tgan yozda Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi. Bunga qadar u yetti yil davomida Italiyaning «Milan» klubida to‘p surgan, ammo jamoadagi so‘nggi mavsumlardagi sust o‘yinlari uchun keskin tanqidlarga uchrab, klubni tark etgan.













