"Pari Sen-Jermen" klubi chap qanot himoyachisi Lyuka Ernandes Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi o‘yinda Lamin Yamalga qarshi kechgan qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning 19 yoshli vingeri gol urdi, ammo jamoasini 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan qutqara olmadi va matbuot tomonidan juda past baho oldi. Ispaniyalik yulduzning muvaffaqiyatsiz o‘yiniga aynan uning bevosita raqibi Ernandesning himoyadagi ishonchli harakatlari sabab bo‘lgan, deb hisoblanmoqda.
"Yamal — ajoyib futbolchi. Unga qarshi imkon qadar yaqindan va tajovuzkor harakat qilsam, uni qiyin ahvolga solishim mumkinligini bilardim", — deya Ernandesning so‘zlarini keltiradi Actu Foot.
"PSJ" Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi va umumiy bosqich turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













