Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 1-3 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Due "Oltin to‘p" uchun nomzodlarning kuchli 30 taligiga kiritilmagani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Dezire Due uni "Oltin to‘p" sovrini uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritishmaganiga munosabat bildirdi.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin 26 oktyabr kuni Londonda o‘z egasiga topshiriladi. Bir yil avval Dezire mazkur ovoz berishda 14-o‘rinni egallagan edi.

"Bugun men "Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxatida yo‘qman. Odamlar o‘z tanlovini qiladi. Mayli, hayot shunaqa.

Men qattiq mehnat qilishda davom etyapman. Bu mavsumdagi maqsadim — hammani dog‘da qoldirish va barcha sovrinlarni yutish. Shuning uchun ishlashda davom etamiz.

Men doimo mehnat qilaman. Men juda ko‘p ishlaydigan insonlardanman. Bugun bu mehnatim samara beryapti, ammo yanada kattaroq natijalarga intilish kerak. Mening katta ambisiyalarim bor. Ushbu seshanba kuni shunday natija ko‘rsata olganim juda yaxshi, lekin men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman.

"Oltin to‘p"ni "PSJ" futbolchisi olishi kerak. Yoki fransuz futbolchisi — chunki biz ham klub safida, ham jahon chempionatida o‘zimizni juda yaxshi ko‘rsatdik. Jamoamizda ulkan, haqiqatan ham favqulodda iqtidorga ega futbolchilar bor. Shuning uchun ko‘ramiz", — dedi Due Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ" — "Barselona" (4:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so‘ng. Ushbu bahsda hujumchi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:55, 21.10.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик