FIFA Intizom qo‘mitasi 19-oktyabr kuni «Andijon» klubiga nisbatan transfer taqiqini joriy qildi.
Bunga klubning sobiq futbolchisi Ismoil Akinade oldidagi qarzdorligi sabab bo‘lgan. «Andijon» ushbu futbolchiga qarzdor deb topildi.
Agar «Andijon» Akinade oldidagi qarzdorlikni bartaraf etmasa, kelgusi uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.













