"Bayer"ning 20 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Ibrohim Maza "Pari Sen-Jermen" qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda parijliklarning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada kuchaygan. Klubda Maza hujumda ijodkorlikni oshirishga yordam bera oladi, deb hisoblashmoqda.
Biroq "PSJ"ga futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki uning rivojlanishini "Arsenal", "Manchester Siti" va Madridning "Atletiko" klublari ham kuzatib bormoqda.
Maza joriy mavsumda barcha musobaqalarda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 50 million yevroga teng.













