"Real" hujumchisi Vinisius Juniorning vakillaridan biri Maykl Yormark o‘tgan yozda "Arsenal" haqiqatan ham futbolchiga taklif bilan chiqqanini ma’lum qildi.
""Arsenal" juda faol bo‘ldi va qat’iy harakat qildi. Albatta, Vinisius bu taklifni jiddiy ko‘rib chiqdi, ammo uning qalbi Madridga tegishli. U o‘zi istagan joyda qoldi. U "Real" safida faoliyatining oxirigacha o‘ynay olishidan umidvor", — dedi Vinisiusning vakili SportsBoom nashriga bergan intervyusida.
Vinisius 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq braziliyalik futbolchi klub bilan shartnomasini 2031/32 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan edi.
Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













