Fransiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti «Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoroning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Petining ta’kidlashicha, yosh fransuz futbolchisi boshqa jamoada o‘z imkoniyatlarini yaxshiroq namoyon qilishi mumkin edi.
«Manchester Yunayted» uchun joriy mavsum yaxshi boshlanmadi. Yoro jamoaning barcha muammolarini bir o‘zi hal qila olmaydi.
Agar uni Jeremi Jake bilan taqqoslasak, ular turli sharoitlarda o‘ynayotganini ko‘ramiz.
Leni hozir «Liverpul»da o‘ynaganida, hammasi boshqacha bo‘lardi. U bu klubda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilib, porlagan bo‘lardi», — deya Petining so‘zlarini keltiradi Teamtalk.
20 yoshli Leni Yoro 2024 yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fransiyalik himoyachining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.













