«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Kayl Uoker «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn bir vaqtlar manchesterliklar safiga qo‘shilishga juda yaqin kelganini ma’lum qildi.
Uokerning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik forvard hali «Tottenxem»da o‘ynab yurgan paytida «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan, biroq klublar transfer borasida kelishuvga erisha olmagan.
«Keyn «Manchester Siti»ga o‘tishga juda yaqin edi. O‘ylashimcha, u o‘sha paytda faoliyatining sovrinlar uchun kurashishni istaydigan bosqichiga kelgandi.
U buyuk futbolchi, ammo o‘sha vaqtgacha hech qanday sovrin yutmagan edi. Biroq klublar o‘zaro kelisha olishmadi», — dedi Uoker talkSPORT Drive efirida.
Xarri Keyn 2009 yildan 2023 yilgacha «Tottenxem» sharafini himoya qilgan. Angliyalik hujumchi 2023 yil yozida 95 million yevro evaziga «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan.
Myunxen klubiga qo‘shilganidan so‘ng Keyn ikki marta Germaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, mamlakat kubogi va ikki bor Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.













