Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Ispaniya chempionatining 10-turida «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan «el-klasiko»da ishtirok etmaydi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar rahbari uchinchi mavsum ketma-ket «Kamp Nou» stadionidagi uchrashuvga tashrif buyurmaslikka qaror qilgan.
Bunga Ispaniyaning ikki grandi o‘rtasida Negreyra ishi bilan bog‘liq kelishmovchiliklar hamon davom etayotgani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, klublar rahbariyati vakillarining o‘yin oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy tushlik uchrashuvi ham bekor qilingan.
«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi «el-klasiko» 25 oktyabr, yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26 oktyabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan «Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar 9 ta uchrashuvda 27 ochko jamg‘argan.
«Real» esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar asosiy raqibidan 6 ochko ortda qolmoqda.













