Uning aytishicha, arab investorlaridan klubni sotib olish bo‘yicha 3,5 milliard yevro miqdorida yirik taklif olgan. Biroq u futbol olamida qolishni afzal ko‘rgan.
«Bas, bu haqdagi gap-so‘zlar yetarli. Klubni sotish-sotmaslikka hali qaror qilganim yo‘q. Ammo shunday qarorga kelsam, uni amerikalikka emas, neapollik kishiga topshirishni ma’qul ko‘rardim», — deya De Laurentisning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.













