Myunxenning «Bavariya» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi arafasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Angliyalik futbolchi nufuzli sovrin g‘olibi kim bo‘lishini imkon qadar tezroq bilishni istashini ta’kidladi.
«Rafiqam natijani hoziroq bilishni xohlayapti. Oilamdagilar ham juda hayajonda.
Tashkilotchilar nima uchun natijani sir saqlayotganini tushunaman. Ular barcha yulduz futbolchilarning taqdirlash marosimiga kelishini istashmoqda. Ammo men natijani hozirdanoq bilishni xohlardim», — dedi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilda ushbu nufuzli individual sovringa Fransiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembele sazovor bo‘lgan edi.













