«Liverpul» klubi sobiq hujumchisi Diogu Jota xotirasiga bag‘ishlangan kitob nashr etilishini e’lon qildi. Bu haqda mersisaydliklar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ma’lum qildi.
«Qalblarimizda abadiy» deb nomlangan kitobda portugaliyalik futbolchining hayot yo‘li, professional faoliyati va futbol olamida qoldirgan merosi haqida hikoya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Diogu Jota 2025 yil 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumgan edi.
Halokat Ispaniyaning Samora provinsiyasidagi Palasios-de-Sanabriya munisipaliteti hududidan o‘tuvchi A-52 avtomobil yo‘lining 65-kilometrida sodir bo‘lgan.
Hodisa vaqtida Lamborghini avtomobilida Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva bo‘lgan. Andre ham professional futbolchi bo‘lib, Portugaliyaning «Penafiyel» klubi sharafini himoya qilgan.













