Londonning "Arsenal" klubi "Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Arsenal" Vinisiusning "Real"dagi vaziyatini o‘rganish uchun o‘z vakillarini yuborishni rejalashtirmoqda. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchi "Emireyts" stadioniga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyormi yoki yo‘qmi, shuni aniqlamoqchi. Agar Vinisius bunga ijobiy javob bersa, Angliya grandi transfer bo‘yicha muzokaralarga faol kirishadi.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarni hisobga olganda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U bitta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













