O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi markaziy uchrashuv statistikasi e’lon qilindi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda farg‘onaliklar 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, o‘yinning aksariyat statistik ko‘rsatkichlarida mezbonlar ustunlik qildi.
Xususan, "Paxtakor" to‘pga egalik qilish bo‘yicha 59 foizlik natija qayd etdi. "Neftchi"da esa bu ko‘rsatkich 41 foizni tashkil qildi.
Zarbalar sonida ham toshkentliklar ustun bo‘ldi — 14:7. Shulardan "Paxtakor"ning 8 ta, "Neftchi"ning esa 5 ta zarbasi darvozaga aniq yo‘naltirilgan.
Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi mezbonlarda 2,05, mehmonlarda 1,90 ni tashkil etdi. Shuningdek, "Paxtakor" 11 ta kalit pas bergan bo‘lsa, farg‘onaliklar hisobida 6 ta shunday uzatma qayd etildi.
Burchak zarbalarida ham katta farq kuzatildi — 7:1. Paslar aniqligi bo‘yicha "Paxtakor" 73 foiz, "Neftchi" esa 68 foizlik natija ko‘rsatdi.
Shunga qaramay, mehmonlar yaratilgan imkoniyatlardan samaraliroq foydalanib, chempionlik poygasida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga. 25-tur
"Paxtakor" – "Neftchi" – 1:3
Uchrashuv statistikasi:
| Ko‘rsatkich | "Paxtakor" | "Neftchi" |
|---|---|---|
| Kutilgan gollar (xG) | 2,05 | 1,90 |
| To‘p nazorati | 59% | 41% |
| Zarbalar | 14 | 7 |
| Aniq zarbalar | 8 | 5 |
| Paslar aniqligi | 73% | 68% |
| Qoidabuzarliklar | 9 | 13 |
| Kalit paslar | 11 | 6 |
| Burchak zarbalari | 7 | 1 |
| Ofsaydlar | 1 | 1 |
Eslatib o‘tamiz, mazkur g‘alabadan so‘ng "Neftchi" 58 ochko bilan Superliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" esa 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.













