"Yuventus" rahbariyati qishki transferlar oynasida jamoa tarkibini kuchaytirish uchun kamida ikkita xaridni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, turinliklar yanvar oyida chap qanot himoyachisi va hujumchi bilan shartnoma imzolash niyatida.
Biroq "keksa sinyora" rahbariyati qaysi futbolchilarni asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqayotgani hozircha ma’lum emas.
Qayd etish joiz, "Yuventus" o‘tgan yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 150 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan edi. Shu davrda futbolchilar sotuvidan tushgan daromad esa 30 million yevroga ham yetmagan.
Katta xarajatlarga qaramay, Luchano Spalletti boshqarayotgan jamoa Italiya chempionatining dastlabki yetti turida 11 ochko jamg‘ardi va ayni paytda A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Turinliklar navbatdagi uchrashuvini 25 oktyabr, yakshanba kuni "Lechche"ga qarshi safarda o‘tkazadi.
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













