"Barselona" sardori Rafinya Dias Kataloniya klubiga o‘tish bolalikdagi eng katta orzularidan biri bo‘lganini ma’lum qildi.
Braziliyalik futbolchi 2022 yil yozida Angliyaning "Lids" klubidan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan vaqt davomida u jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylanib, jahon futbolidagi eng yorqin hujumchilar qatoriga qo‘shildi.
29 yoshli vingerning ta’kidlashicha, uning "Barselona"ga bo‘lgan mehri bolalik yillaridan boshlangan.
"Mening kumirlarim "Barselona"da o‘ynagan. Shu sababli bu klubga kelishni doim orzu qilganman.
Orzuimni ro‘yobga chiqarish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim", — dedi Rafinya.
Qayd etish joiz, Rafinya "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 187 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ushbu bahslarda braziliyalik hujumchi 89 ta gol urib, 62 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu tariqa, u jami 151 ta golda bevosita ishtirok etgan.
Rafinyaning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













