O‘tgan yozda yosh hujumchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida «PSJ» qaralayotgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, parijliklar uning transferi uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan.
Biroq futbolchi «Monpelye»da qolishga qaror qildi. Jamoa rahbariyati vakillaridan biri uni faoliyatini o‘z klubida davom ettirishga ko‘ndirdi. «PSJ»dan tashqari, fransuz hujumchisiga «Chelsi», «Arsenal» va «Barselona» ham qiziqish bildirgan.
Menyan-Pave 15 yoshu 10 oyligida «Monpelye» tarixidan joy oldi. U 15 yosh, 10 oy va 26 kunligida klub bilan professional shartnoma imzolagan eng yosh futbolchiga aylandi.
Hujumchi joriy mavsumda Fransiyaning ikkinchi divizioni — Liga 2da muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. Chempionatdagi yetti uchrashuvning beshtasida asosiy tarkibda maydonga tushgan Menyan-Pave ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xalqaro maydonda u Fransiyaning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar terma jamoasida o‘ynagan. Oktyabr oyi boshida esa ilk bor 17 yoshgacha bo‘lganlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.













