«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikning ehtimoliy o‘rinbosarlari qatoriga «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurselerni kiritdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
33 yoshli nemis mutaxassisining shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan va unda tovon puli belgilanmagan. «Brayton» uni qo‘yib yuborish uchun murabbiylar transferidagi rekorddan ham ko‘proq mablag‘ talab qilishi mumkin.
Hozirgi rekord Yulian Nagelsmann uchun to‘langan 21,7 million funtga teng.
Xyurseler boshchiligidagi «Brayton» APLda 7 turdan so‘ng uchinchi o‘rinda bormoqda va chempionatda eng ko‘p gol urgan jamoa hisoblanadi.
Biroq murabbiyning «MYU»ga o‘tishi hozircha aniq emas.













