"Barselona" himoyachi Jerar Martin bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flik 24 yoshli futbolchining o‘yinidan mamnun va uni jamoada saqlab qolish tarafdori. Tomonlar yaqin orada yangi kelishuv shartlarini muhokama qiladi.
Martin 2024 yil yozida "Barselona" asosiy tarkibida debyut qilgan. U shu vaqtgacha 103 ta o‘yinda 1 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt himoyachini 40 million yevroga baholamoqda.













