"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real"ga qarshi "el-klasiko" oldidan Kilian Mbappeni to‘xtatish rejasi haqida gapirdi.
"Eng muhimi — to‘p bilan va to‘psiz vaziyatlarda maydonda to‘g‘ri joylashish. Himoyada jips harakat qilishimiz kerak. Agar hammasini to‘g‘ri bajarsak, himoyachilarimizga raqib hujumlarini qaytarish ancha oson bo‘ladi.
Kubarsi va Martin hozir ajoyib formada. Ular yuqori saviyada o‘ynayapti va birgalikda o‘sishda davom etmoqda", — dedi Flik.
"Barselona" — "Real" uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.













