«Barselona» muxlislari qalbida «el-klasiko»dagi ikkita g‘alaba alohida o‘rin tutadi. 2009 yil may oyida kataloniyaliklar «Santyago Bernabeu» stadionida «Real»ni 6:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, o‘sha yilning noyabr oyida o‘z maydonida 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.
«Barselona»ning sobiq sardori Xavidan ushbu ikki g‘alabadan qaysi birini afzal ko‘rishi so‘raldi.
«6:2 hisobida yakunlangan o‘yin ideal edi, ammo 5:0 hisobidagi g‘alaba futbol sifati bo‘yicha undan ustun keldi. Bu to‘liq ustunlikni his qilishning ajoyib tuyg‘usi edi», — deya Xavining so‘zlarini Goal portali Ispaniyaning Sport nashriga tayanib keltirmoqda.
«Barselona» va «Real» 25 oktyabr, yakshanba kuni navbatdagi «el-klasiko»da to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.













