Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) - Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn - Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya - As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

UFC. Ramazon Temirov Loner Kavanaga mag‘lub bo‘ldi (video)

UFC. Ramazon Temirov Loner Kavanaga mag‘lub bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

BAA poytaxti Abu Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC 333 turniri doirasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirov Buyuk Britaniya vakili Loner Kavanaga qarshi oktagonga ko‘tarildi. O‘ta yengil vazn toifasida kechgan ushbu jang o‘zbekistonlik sportchining mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

E’tiborli jihati, ushbu to‘qnashuvdan avval har ikki jangchi UFC reytingida yonma-yon borayotgan edi: Ramazon Temirov 7-o‘rinni, Loner Kavana esa 6-pog‘onani band etib turgandi. Murosasiz kechishi kutilgan bahs uzoq davom etmadi. 1-raunddayoq britaniyalik sportchi texnik nokaut evaziga g‘alabani ilib ketdi va reytingdagi o‘rnini yanada mustahkamlab oldi.

Ushbu mag‘lubiyat Ramazon Temirov uchun professional faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi. Hozir uning hisobida 20 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor. Loner Kavana esa professional faoliyatidagi 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:37, 25.10.2026.
O'qildi: 1897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик