"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 8-turida "Everton" ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng himoyachi Gabrielning irodasini yuqori baholadi.
"Gabriel o‘ziga xos xarakterga ega. U maydonga yiqilganida hammamiz qo‘rqib ketdik. Ayniqsa, uning yonidagi futbolchilarning munosabati bizni xavotirga soldi.
Ammo u darhol o‘yinni davom ettirishga tayyorligini aytdi. Keyin esa gol urib, g‘alabamizga hissa qo‘shdi. Bizga aynan shunday fazilatlarga ega futbolchilar kerak", — dedi Arteta.
"Arsenal" ushbu g‘alabadan keyin 21 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













