"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya A Seriyasida Zlatan Ibragimovichga tegishli rekordni yangiladi.
41 yoshli xorvatiyalik futbolchi "Udineze"ga qarshi uchrashuvda (2:0) Kristian Pulishichga golli uzatma berdi.
Bu Modrichning 40 yoshga to‘lganidan keyin A Seriyadagi to‘rtinchi assisti bo‘ldi. Shu tariqa, u 2004/2005 yilgi mavsumdan buyon 40 yoshdan oshgan futbolchilar orasida eng ko‘p golli uzatma bergan o‘yinchiga aylandi.
Avvalgi rekord 3 ta assist bilan Zlatan Ibragimovichga tegishli edi.













