«Real» hujumchisi Kilian Mbappe madridliklar safidagi gollari sonini 100 taga yetkazdi.
Fransiyalik futbolchi La Liganing 10-turida «Barselona»ga qarshi bahsda dubl qayd etib, jamoasiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. U 100 gollik marraga 116-uchrashuvida erishdi.
«Real» Mbappeni ushbu natija bilan tabriklab, unga 100 raqami tushirilgan esdalik futbolkasini topshirdi.
«El-klasiko»dagi g‘alabadan so‘ng madridliklar peshqadam «Barselona» bilan ochkolar farqini 3 taga qisqartirdi.













