«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) keyin jamoaning yaqin rejalari haqida gapirdi.
«Endi ko‘plab futbolchilarimiz «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi uchun Londonga yo‘l oladi. Seshanba kuni dam olamiz, chorshanbada esa mashg‘ulotlarni tiklaymiz.
Terma jamoalar tanaffusigacha La Ligadagi ikkala o‘yinni ham yutishni xohlayman. Bu biz uchun juda muhim», — dedi Flik.
«Barselona» 31 oktyabrda «Alaves», 3 noyabrda Chempionlar ligasida «Aston Villa» va 8 noyabrda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.













