Braziliya chempionati doirasida shanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda «Santos» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Neymar Nestor bilan og‘zaki tortishuvdan keyin maydondan chetlatildi. Bahs davomida u og‘zini qo‘li bilan to‘sib olgan. Hakam bu vaziyatda «Vinisius Junior qoidasi» deb ataluvchi tartibni qo‘lladi.
«Baiya» yuz bergan holatni qoralab, mashhur futbolchilar o‘z so‘zlari uchun mas’uliyatni his qilishi va yosh muxlislarga namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
«Baiya» darvozabonlar murabbiyi Duda Vargao esa Neymarni keskin tanqid qildi:
«Men Neymarning naqadar erkatoy, shuhratparast va takabbur ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. U o‘zini go‘yo hamma narsadan ustun deb biladi, atrofidagilar esa uni himoya qiladi».













