"Komo" Italiya chempionatining 9-tur uchrashuvida "Torino"dan 3:1 hisobida ustun keldi. O‘yin Turindagi "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim o‘rtasida turinliklar hujumchisi Che Adams hisobni ochdi. Mehmonlar faqat uchrashuv yakuniga yaqin gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Xakobo Ramon, Niko Pas va Martin Baturina o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi.
"Komo" 20 ochko to‘plab, A Seriyasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. "Torino" esa 13 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda.













