Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning o‘yiniga yuqori baho berdi.
Nemis futbolchisining ta’kidlashicha, har ikki hujumchining tezkorligi va maydondagi harakatlari yarim himoyachilarning vazifasini ancha yengillashtiradi.
"Kilian Mbappe va Vinisius — yarim himoyachilar uchun haqiqiy sovg‘a. Bunday hujumchilar oltinga teng, chunki ular himoyachilardan uch qadam tezroq harakat qilishadi", — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vinisius esa 11 ta o‘yinda 1 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Ispaniya chempionatida 10 turdan so‘ng "Real" 24 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi. Madridliklar peshqadam "Barselona"dan 3 ochko ortda qolmoqda.













