Turinliklar joriy mavsumda A Seriyaning 9 ta uchrashuvida 14 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan.
«Jamoa tarkibi kuchsiz. Bu futbolchilar oq-qora libosni kiyishga munosib emas. Turin bamisoli hamma narsaga befarq shaharga aylanib qoldi: jamoa mag‘lub bo‘ladi, ammo hech narsa o‘zgarmaydi, hamma xotirjam.
Barcha aybni, albatta, muayyan mas’uliyatga ega bo‘lgan Spallettiga yuklashdan oldin, jamoa tarkibining sifati va qanday jamoa shakllantirilganiga e’tibor qaratgan bo‘lardim», — dedi Di Livio.













