La Repubblica nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy Jennaro Gattuzo penalti ijrochilari ro‘yxatini o‘zgartirmoqchi. 2024 yilda Chiro Immobile jamoani tark etganidan beri asosiy penalti ijrochisi bo‘lib kelgan Zakkani so‘nggi uchta urinishning ikkitasida xatoga yo‘l qo‘ygani sababli bu vazifadan chetlatilishi mumkin.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, endi asosiy nomzod — niderlandiyalik yarimhimoyachi Kennet Teylor. U «Sassuolo»ga qarshi uchrashuvda penaltilar belgilangan paytda maydonda bo‘lmagan. Gattuzo uni birinchi bo‘limda sariq kartochka olgani sababli almashtirgan edi.
Ta’kidlash joiz, Teylor faoliyati davomida 16 ta penaltining 14 tasini aniq amalga oshirgan. U o‘tgan mavsumda Italiya kubogi chorak finalida «Bolonya»ga qarshi penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani muvaffaqiyatli ijro etgan. Shuningdek, «Atalanta»ga qarshi yarim final seriyasida ham gol urib, jamoasining finalga chiqishiga hissa qo‘shgan.













