«Barselona» «Liverpul» klubiga ijara asosida o‘ynayotgan himoyachi Ronald Arauxoni qishki transfer oynasida to‘liq sotib olish taklifini berdi. Kataloniyaliklar urugvaylik futbolchini sotish orqali himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Arauxo ham, «Liverpul» ham o‘zaro hamkorlikdan mamnun. Himoyachining ijara shartnomasiga uni 55 million yevroga sotib olish bandi kiritilgan. Mersisaydliklar 27 yoshli futbolchi uchun 48–54 million yevro to‘lashni maqbul deb hisoblamoqda.
Arauxo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.













