"Manchester Yunayted"ning 16 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jey-Jey Gabriel "PSJ"ning yaxshilangan taklifini rad etdi.
Goal ma’lumotiga ko‘ra, yosh futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni istamoqda. U "Real"da o‘z salohiyatini yaxshiroq rivojlantirishiga ishonadi.
Madridliklar Gabrielga umumiy qiymati 10 million yevrodan oshadigan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu mablag‘ transfer narxi emas, futbolchiga to‘lanadigan haqni anglatadi.
Gabriel sentyabr oyida asosiy jamoada yetarlicha o‘yin amaliyoti olmayotgani sabab "MYU"dan ketish istagini bildirgan.
"Real" asosiy da’vogarga aylangan bo‘lsa-da, kelishuv hali yakuniga yetmagan. Futbolchi 18 yoshga to‘lmagani sabab ayrim rasmiy masalalar hal qilinishi kerak.
Gabriel ketsa, "Manchester Yunayted" uni tayyorlagani uchun taxminan 420 ming yevro kompensasiya oladi.













