"Arsenal" "Galatasaroy" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovni transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritdi.
AFC News ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar 21 yoshli futbolchini Martin Edegor jamoani tark etgan taqdirda sotib olishni ko‘rib chiqadi. Norvegiyalikka "Bavariya" va Yevropaning boshqa klublari qiziqmoqda.
"Galatasaroy" esa yaqinda xarid qilingan Batrakovni hozircha sotish niyatida emas. Shu bois transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.
Rossiyalik futbolchiga "Barselona" va "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda.
Batrakov "Galatasaroy" safida 11 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.













