«Liverpul» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. «Bornmut» esa munosib taklif tushsa, uni yanvar oyida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Klub Skottning transfer qiymatini 120 million yevro etib belgilagan.
Angliyalik yarim himoyachi 2023 yil avgustidan buyon «Bornmut»da to‘p suradi. Uning shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi.
Skott joriy mavsumda APLning 5 ta o‘yinida ishtirok etib, 1 ta gol urgan.













