«Bavariya» joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta o‘yinga yetkazdi.
Myunxenliklar Bundesliganing 8-turida Dortmundning «Borussiya» klubi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Vensan Kompani jamoasi shu paytgacha barcha musobaqalarda 14 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 marta g‘alaba qozondi va 5 bor durang qayd etdi.
«Bavariya» 18 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega «Borussiya» to‘plar nisbati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda.
Keyingi pog‘onalardan «Frayburg» (16 ochko), «RB Leypsig» (15), «Verder» (15) va «Bayer» (13) joy olgan.














