«Bavariya» yarim himoyachisi Konrad Laymer Bundesliganing 8-turida dortmundning «Borussiya»si bilan qayd etilgan durangdan (2:2) qoniqish hosil qilmadi.
Avstriyalik futbolchining fikricha, myunxenliklar uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lgan.
«Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Buning uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik.
Ikkinchi bo‘limda raqibda ko‘p imkoniyat bo‘lmadi, ammo ular ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Biz esa yaratgan vaziyatlarimizdan to‘liq foydalana olmadik.
Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Bu durang bizdan ko‘ra «Borussiya» uchun foydaliroq bo‘ldi», — dedi Laymer.
«Bavariya» 18 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.













