Rimning "Lasio" klubi Italiya chempionatining 10-turida "Kalyari"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, rimliklar o‘z tarixida ilk bor mavsumning dastlabki 10 ta uchrashuvidan 9 tasida g‘alaba qozonishga erishdi. Ilgari klub bunday natija qayd etmagan edi.
"Lasio" ushbu natijaga erishgan oltinchi klub bo‘ldi. Bunga qadar "Yuventus" bu ko‘rsatkichni to‘rt marta, "Milan" va "Napoli" ikki martadan, "Roma" hamda "Torino" esa bir martadan qayd etgan. Bu natijaga eng so‘nggi bor 2021/22 yilgi mavsumda "Milan" va "Napoli" erishgan.
Keyingi turda "Lasio" "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, neapolliklar yakshanba oqshomida Turinning "Yuventus" klubiga mag‘lub bo‘lishdi.













