Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi "Inter"ga qaytish niyatida. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
"Ikardi Italiyaga, aniqrog‘i, "Inter"ga qaytishni xohlayotganiga shubha yo‘q. U o‘tgan yil yanvar oyida "Yuventus"ga o‘tishga tayyor edi, ammo turinliklar muzokaralarni davom ettirmadi.
Mauro "Inter"ga qaytishdan juda xursand bo‘lardi. U bu haqda o‘zi ham gapirgan va hali ham klubga qattiq bog‘langan.
Uning istagi aniq, endi hammasi "Inter"ning bu vaziyatga qanday yondashishiga bog‘liq", — dedi Romano.
Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2013–2020 yillarda "Inter" sharafini himoya qilgan.
Hozircha milanliklar futbolchini qaytarish bo‘yicha qanday qaror qabul qilishi noma’lum.













