"Barselona" "Tottenxem" yarim himoyaçisi Lukas Bergvallga qiziqiş bildirişda davom etmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga köra, Kataloniya klubi yarim himoya çiziğini uzoq muddatga kuçaytiriş imkoniyatlarini örganmoqda. Şvesiyalik futbolçi esa asosiy nomzodlardan biri sifatida körib çiqilmoqda.
20 yoşli Bergvall 2024 yil yozida "Tottenxem" safiga qöşilgan. Uning London klubi bilan amaldagi şartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigaça möljallangan.
Transfermarkt portali şvesiyalik yarim himoyaçining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













