"Lion"ning sobiq himoyaçisi Samyuel Yumtiti "Lans"ning Çempionlar ligasida "Komo"dan uçragan 1:9 hisobidagi şarmandali mağlubiyatiga munosabat bildirdi.
Fransiya klubi musobaqa umumiy bosqiçining 4-turida öz maydonida Italiya jamoasiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
"Komo" juda yaxşi öynadi. Alohida yakkakuraşlarda yutqaziş, omadsiz öyin ötkaziş mumkin, ammo futbolga bunday munosabatda bölişga yöl qöyib bölmaydi. Çempionlar ligasida buning uçun jazolaşadi.
"Komo" va "Lans" örtasida yer bilan osmonça farq bor edi. Biz ikki jamoa örtasida bunçalik katta tafovutni körmasligimiz kerak", — dedi Yumtiti RMC radiosining After Foot dasturida.
"Lans" Çempionlar ligasidagi dastlabki 4 ta öyinda 3 oçko jamğarib, umumiy bosqiç jadvalida 33-örinni egallab turibdi.
Yannik Kayuzak şogirdlari navbatdagi turda Germaniyaning "RB Leypsig" klubi mehmoni böladi.













