"Liverpul"ga tegişli bölgan va ayni paytda "Valensiya"da ijara asosida öynayotgan yarim himoyaçi Xarvi Elliot faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirişi mumkin.
Football Insider ma’lumotiga köra, 23 yoşli futbolçini öz safiga qöşib olişga "Lids" qiziqiş bildirmoqda. Transfer yanvar oyidayoq amalga oşişi mumkin.
Xabar qilinişiça, "Valensiya" Elliotning ijara şartnomasini muddatidan avval bekor qilişni rejalaştirmoqda. "Liverpul" ham yarim himoyaçini kelgusi rejalariga kiritmagan.
Futbolçining özi esa APLning boşqa klubiga doimiy asosda ötişga tayyor.
Elliot joriy mavsumda Ispaniya çempionatida bor-yöği 6 ta uçraşuvda maydonga tuşdi va gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













