"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Real" darvozaboni Tibo Kurtuaning gripp sabab "el-klasiko"ni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.
"Bu "Real" uchun eng og‘ir yo‘qotish. Menimcha, Kurtua hozir jamoaning eng muhim futbolchisi. U qiyin vaziyatlarda "Real"ni ko‘p bor qutqargan. Agar "el-klasiko"da o‘ynay olmayotgan bo‘lsa, demak, kasalligi ancha jiddiy", — dedi Rakitich.
Xorvatiyalik futbolchi bo‘lajak to‘qnashuv haqida ham to‘xtaldi.
"Har ikki jamoa o‘z uslubida o‘ynaydi. Ayniqsa, "Barselona" o‘z maydonida odatdagi futbolini namoyish etishga intiladi. Qiziqarli o‘yin kutyapman. "Real" ham raqibiga muammo tug‘dira oladigan kuchli jamoa", — deya qo‘shimcha qildi u.













