"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik yaqin vaqt ichida lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati "Bornmut"ga qarshi uchrashuvdan avval ham yangi murabbiy nomzodlarini ko‘rib chiqayotgan edi. APLning 8-turidagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bu jarayon tezlashtiriladi.
"Manchester Yunayted" so‘nggi 8 ta o‘yinda biror marta g‘alaba qozona olmadi — 5 ta mag‘lubiyat va 3 ta durang.
Klubdagi manbalar Kerrikning iste’foga chiqarilishini kutmoqda. Hozircha bu borada rasmiy qaror e’lon qilinmagan.













